Qamchiq dovonida yuk mashinasi jarlikka tushib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Yuk avtomashinasi to‘liq yonib ketgan. Haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. 12-iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida “DAF” rusumli yuk mashinasi Qamchiq dovonidan tushayotgan vaqtida haydovchi boshqaruvni eplay olmay yo‘l o‘rtasida turgan temir to‘siqqa urilgan. So‘ngra  qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib yo‘l chetidagi temir to‘siqlarni buzib jarlikka tushib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yuk avtomashinasi to‘liq yonib ketgan. Haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan.   

Eslatib o‘tamiz, 8-iyun kuni Qamchiq dovonida sel kelishi oqibatida bir nechta avtomobilni sel oqizib ketganligi xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0