Moskvadagi “Paxtakor” jamoasi Millatlararo futbol ittifoqi turnirida g‘olib bo‘ldi

© Mejnatsionalniy futbolniy soyuz"Paxtakor" iz uzbekistansev jivushix v Moskve stal pobeditelem turnira MFS
Paxtakor iz uzbekistansev jivushix v Moskve stal pobeditelem turnira MFS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Millatlararo futbol ittifoqi musobaqasi shu yilning 9-aprelida boshlangan edi. Mazkur musobaqada turli milliy-madaniy uyushmalar vakillaridan tashkil topgan 16 jamoa qatnashdi.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Moskvada 2018-yilgi jahon chempionatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Millatlararo futbol ittifoqi musobaqasi finalida “Paxtakor” jamoasi “KG – Liga” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Millatlararo futbol ittifoqi xabar qildi.

Komanda Lenta - Sputnik O‘zbekiston
Kutilmagan yulduzlar: migrant futbolchilar Peterburgni hayratda qoldirdi

Moskvada yashayotgan o‘zbekistonliklardan tashkil topgan “Paxtakor” jamoasi yarim final bahsida rossiyalik nemislarning “RusDoych” terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi ( 5 : 4 ).

Finalda “Paxtakor” qirg‘izistonliklarning “KG – Liga” jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Millatlararo futbol ittifoqi musobaqasi shu yilning 9-aprelida boshlangan edi. Mazkur musobaqada turli milliy-madaniy uyushmalar vakillaridan tashkil topgan 16 jamoa qatnashdi.

 

Yangiliklar lentasi
0