TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Furqat tumanining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tanqid qildi. Bu haqda “Daryo.uz” muxbiri ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, videoselektor yig‘ilishi vaqtida prezident Furqat tumanini tugatish bo‘yicha taklif kiritish to‘g‘risida mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma bergan.
Shuningdek, tumanning to‘rtta rahbari – hokim, prokuror, IIB va soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasidan ozod qilingan.