Aleksandr Lukashenko sentabrda O‘zbekistonga kelishni rejalashtirgan

© Sputnik / Aleksey DrujininPrezident Respubliki Belarus Aleksandr Lukashenko
Prezident Respubliki Belarus Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, turizm yo‘nalishlari bo‘yicha jami 11 loyiha ustida ish olib bormoqda.

TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sentabrda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni rejalashtirgan. Bu haqda respublika Kengashi raisi Mixail Masnikovich Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Belarus bosh vaziri O‘zbekistonga o‘zaro savdoni ko‘paytirishni taklif qildi

BELTA agentligining xabar berishicha, muzokaralar davomida Masnikovich ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish masalasiga e’tibor qaratgan. Spikerning so‘zlariga ko‘ra, sentabr oyida Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilganini inobatga olgan holda mazkur masala bo‘yicha ishlarni faollashtirish lozim.

"Biz prezident Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi vaqtida davlat rahbarlari ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladigan asosiy kelishuvlarni amalda ishlab chiqdik. Tashrif 13-14 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishiga kelishilgan", - dedi respublika Kengashi raisi.

Ayni vaqtda tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, turizm yo‘nalishlari bo‘yicha jami 11 loyiha ustida ish olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0