Yaponiya assotsiatsiyasi o‘zbekistonlik tadbirkorlarni taklif qildi

© Sputnik / Natalia SeliverstovaVid na gorod Tokio
Vid na gorod Tokio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlar aviachipta va ovqatlanish xarajatlarni to‘laydi, mehmonxona va transport xarajatlarini Yaponiya tomon qoplaydi.

TOShKENT, 12-iyun – Sputnik. Yaponiyaning ROTOBO assotsiatsiyasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan biznes-matching” dasturi doirasida, Yaponiyada biznes-hamkorlar topishni, prezentatsiya o‘tkazishni istagan tadbirkorlarni taklif qilmoqda, deb e’lon qildi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

“Ushbu dasturning maqsadi – Markaziy osiyolik ishlab chiqaruvchi korxonalar va Yaponiyaning yuqori texnologiyali kompaniyalari orasida o‘zaro samarali hamkorlik o‘rnatishdir. Bunday hamkorlik xamkor mamlakatlarda innovatsiyalar rivojlanishiga xizmat qiladi”, — deyilgan xabarda.

Yaponiya tomon ushbu tashrif davomida Yaponiya ichida transport va turar joy xarajatlarini, uchrashuvlar tashkil qilish va tarjimolik xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi. Aviabiletlar va Yaponiyada ovqat pulini taklif qilinayotgan tadbirkorlarning o‘zlari qoplashi kerak bo‘ladi.

Dasturda ishtirok etishni istagan tadbirkorlar 2018-yilning 22-iyuniga qadar Xalqaro mehnat tashkilotining Tadbirkorlikka o‘qitish boshqarmasiga ariza berishlari kerak, — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0