70 yoshli futbol muxlisi Germaniyadan Rossiyaga traktorda kelmoqda

Obuna bo‘lish
Germaniya terma jamoasi muxlisi 70 yoshli Gubert Virt Rossiyaga traktorda kelmoqda. U o‘z traktoriga bochka ko‘rinishidagi yog‘och uy tirkab olib yo‘lga chiqqan.

Guber Virt 14-iyunga qadar Moskvaga yetib kelishga qaror qilgan. Ayni damda u Polsha chegarasini kesib o‘tib Belorussiyaga yetib kelgan.

Virtning traktori ham uning o‘zidan yosh emas. Lanz Bulldog nomli tarktor 1936-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, ayni damda u 82 yoshda. Traktorning o‘rtacha tezligi soatiga 15-20 km. Futbol ishqibozi bir sutkada 100 kilometrga yaqin masofa bosib o‘tadi.

Darvoqe, bu qariyaning traktorda amalga oshirayotgan birinchi sayohati emas. Guber Virt 20-yildan beri traktorda sayyohat qiladi. Uning bochka ko‘rinishidagi yog‘och uychasida yotish uchun joy va kichik oshxona mavjud.

Sayohatlarda doim unga Xeks ismli iti hamroh bo‘ladi. Uning oilasi va nabiralariya qariyaning ushbu qiziqishiga qarshilik qilishmaydi.

Yangiliklar lentasi
0