TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi o‘tgan haftaga nisbatan 34,7 so‘mga kamayib 7909,37 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 43,37 so‘mga kamayib 9306,16 so‘mni tashkil qildi. Rossiya rubli kursi esa biroz oshib — 127,73 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 12-aprelida dollar kursi 8094,99 so‘m etib belgilangan edi. Ikki oy davomida dollar kursi 185,62 so‘mga tushdi.
O‘zbekiston Markaziy banki ushbu valyuta kurslarida fuqarolardan valyuta sotib olish yoki sotish majburiyatini olmaydi. Valyuta mablag‘larini tijorat banklari orqali sotib olish yoki sotish mumkin.