Kim Chen In Trampni Pxenyanga taklif qildi

© Jung Yeon-je / AFPFotografiya Kim Chen Ina i Donalda Trampa na ekrane televizora
Fotografiya Kim Chen Ina i Donalda Trampa na ekrane televizora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kim Chen In va Tramp muzokaralarining ikkinchi raundi P’xenyanda, uchinchisi esa Vashingtonda bo‘lib o‘tishi mumkin.

TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. KXDR rahbari Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampga AQSh-Koreya sammitning ikkinchi raundini iyul oyida Pxenyanda o‘tkazishni taklif qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Bolshaya press-konferensiya Vladimira Putina 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Putin bekor bo‘lgan AQSh va KXDR sammiti haqida: Kim Chen In bergan va’dalarini bajardi

Ushbu taklifnoma KXDR Mehnat partiyasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol birinchi iyun kuni Donald Trampga bergan maktubida bo‘lgan. Uning aytishiga ko‘ra Shimoliy Koreya ham va AQSh ham oliy darajadagi muzokaralarni davom ettirish niyati borligini bildirishgan.

Kiodo axborot agentligi xabariga ko‘ra, agar muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tsa, ularning uchinchi raundi sentabr oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In va Donald Tramp uchrashuvi 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuv ikki davlat rahbarlarining, 1953-yilda Koreya yarim orolidagi urushdan keyin, tarixda birinchi uchrashuvi bo‘ladi.

Uchrashuv oldidan AQSh ma’muriyati KXDRdan yadro qurolidan to‘liq voz kechinshni talab qilishini, aks holda bosim yanada kuchaytirilishini e’lon qildi. Shimoliy Koreya esa o‘z navbatida, AQSh bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish va sanksiyalarni olib tashlashni talab qilmoqda. Ayni damda ikki mamlakat orasida hatto tinchlik shartnomasi ham imzolanmagan.

Yangiliklar lentasi
0