Si Sizinpin: Kuch, birdamlik va o‘zaro ishonchni oshirish kerak

© Sputnik / Sergey GuneyevSi Szinpin vistupil na sammite ShOS
Si Szinpin vistupil na sammite ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sindaodagi ShHT sammitida Xitoy rahbari o‘zaro tushunish va uyg‘unlik va o‘zga davlatlar tanlagan rivojlanish yo‘lini hurmat qilish haqida gapirdi.

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. ShHT rahbarlari kengaytirilgan majlisida Xitoy rahbari Si Szinpin nutq so‘zladi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Kuch, birdamlik va o‘zaro ishonchni oshirish kerak. Sindao deklaratsiyasini, uzoq muddatli qo‘shnichilik haqidagi shartnoma bo‘yicha harakatlar rejasini ShHT mamlakatlari do‘stligi va hamkorligi haqidagi shartnomani to‘liq amalga oshirish kerak.

Tashkilotning har bir a’zosi, o‘zga davlatlar tanlagan mustaqil rivojlanish yo‘lini hurmat qilishi kerak. Bir birining asosiy manfaatlari va xavotirlarini hisobga olishi kerak. Turli kelishmovchiliklarni hal qilish, o‘zaro tushunish va uyg‘unlikni, kuchaytirib tashkilotni mustahkam va boshqa mamlakatlar uchun ham jozibador uyushmaga aylantirish kerak.

Umumiy tinchlik va xavfsizlik uchun mustahkam asos yaratish kerak. “Uch yovuz kuch” bilan kurash uchun tashkilot 2019-2021 yillarda belgilagan dasturni faol amalga oshirish kerak. Birgalikda aksilterror o‘quv-mashg‘ulotlari olib borish, mudofaa va xavfsizlik, axborot xavfsizligi hamda huquqni saqlash organlari orasida hamkorlikni mustahkamlash kerak.

Vaziyatdan foydalanib, Xitoy ShHT banklar uyushmasi doirasida 30 milliardlik Yuanlik kredit liniyasi ochganini e’lon qilaman”, — dedi Si Szinpin.

Yangiliklar lentasi
0