Josuslik ko‘zoynagi savdosi bilan shug‘ullangani uchun volgogradlik fuqaro qo‘lga olindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOchki
Ochki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bunday moslama tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda maxfiy tarzda ma’lumot olish uchun foydalaniladigan maxsus texnik vosita hisoblanadi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Volgogradning navbatdagi aholisi videokamera o‘rnatilgan ko‘zoynakni noqonuniy ravishda sotib olib, pullagani uchun sud oldida javob beradi, deb xabar berdi Janubiy transport prokuraturasi.

Ilgariroq Volgogradning 49 yashar fuqarosi maxfiy ravishda ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan texnika vositalarni noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgani va pullagani uchun bir yil shartli ravishda jazo olganligi haqida xabar berilgan edi.

Matbuot - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi o‘zbek gazetalaridan nima izlagan

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, erkak videokamera o‘rnatilgan quyosh nurlaridan himoya qmluvchi ko‘zoynakni xarid qilgan va Volgograd-1 temir yo‘l stansiyasida sotishga uringanida qo‘lga olingan.

Endi esa Volgograd transport prokuraturasi xuddi shunday moslamani temir yo‘l stansiyasida 2 ming rublga sotishga uringan 29 yashar volgogradlikka nisbatan jinoiy ishni sudga oshirmoqda.

"Dastlabki surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, 2018-yilda Ali Express internet-sayti orqali elektron moslama — videokamera o‘rnatilgan quyoshdan himoyalovchi qo‘lga olingan. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bunday moslama tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda maxfiy tarzda ma’lumot olish uchun foydalaniladigan maxsus texnik vosita hisoblanadi.

Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘zoynakni sotish politsiya nazorati ostida bo‘lgan va pulni berayotgan mahalda erkak qo‘lda olingan. Volgogradlik bu ishi uchun to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0