TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo (ERI) olishda to‘lov narxi arzonlashtirildi. Bu O‘zbekiston prezidentining 5-iyundagi farmonida nazarda tutilgan.
Endilikda jismoniy shaxslar ERI olish uchun avvalgidek eng kam ish haqining 10 foizi (17 224 so‘m) miqdorida emas, 7 foiz (12 056 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar. Boshqa toifalarda narx o‘zgarishsiz qolgan.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga ERI bepul beriladi.
Shuningdek, respublikaning 14 hududidan bittadan tuman belgilab olingan bo‘lib, ushbu tuman aholisiga elektron raqamli imzo bepul beriladi (masalan, Toshkent shahrida Yunusobod tumani).