Stokgolm sudi teraktda gumon qilinayotgan Oqilov bo‘yicha hukm chiqaradi

© REUTERS / /Magnus StromPolitsiya otsepila mesto ChP v sentre Stokgolma
Politsiya otsepila mesto ChP v sentre Stokgolma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoralovchi tomon Oqilovga umrbod qamoq jazosi berilishini va uning keyinchalik Shvetsiya hududiga kirishni umrbod ta’qiqlash sharti bilan mamlakatdan chiqarib yuborilishini qat’iy talab qilmoqda.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Stokgolmda teraktda gumonlanayotgan Rahmat Oqilov bo‘yicha sud hukmi 7-iyun kuni e’lon qilinadi, deb xabar qildi RIA Novosti Stokgolm sudiga tayangan holda.

ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Shvetsiyada terakt tayyorlashda gumonlangan uch nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni 13-fevraldan 2-maygacha olib borildi.

Qoralovchi tomon Oqilovga umrbod qamoq jazosi berilishini va uning keyinchalik Shvetsiya hududiga kirishni umrbod ta’qiqlash sharti bilan mamlakatdan chiqarib yuborilishini qat’iy talab qilmoqda. Shvetsiya qonunchiligiga ko‘ra, umrbod qamoq jazosini olgan shaxs 18-yildan so‘ng jazo chorasini o‘zgartirish bo‘yicha sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.

Ayblanuvchi advokati Yoxan Eriksson bundan avval uning himoyasida bo‘lgan shaxsga umrbod qamoq jazosini berilishi mumkinligini istisno qilmagandi. Shuningdek, Eriksson so‘zlariga ko‘ra, Oqilov o‘z aybini tan olgani tufayli tergovchilarning ishini ancha osonlashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 7-aprel Stokgolm markazidagi yo‘lovchilar yuradigan ko‘chalarning birida yuk mashinasi odamlar ustiga qarab bostirib borgan. Oradan 500 metrdan ziyod masofa o‘tgach, u Åhlens savdo markazi binosiga borib urilgan. Besh kishi halok bo‘lgan, 15 kishi turli darajadagi jarohatlarni olgan. Stokgolm hukumati ro‘y bergan voqeani terakt deb tan olgan.

Sudga yo‘naltirilgan hujjatlarda 150 nafar jabrlanuvchilar ismlari sanab o‘tilgan. Teraktni sodir etganlikda O‘zbekiston fuqarosi 40 yashar Rahmat Oqilov gumon qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0