O‘zbekistonda WebMoney va “Yandeks.Dengi” ishga tushdi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
WebMoney, PayPal, "Yandeks.Dengi" va Qiwi kabi onlayn hamonlarni naqd pul yoki karta orqali bankomatlar yoki infokiosklar orqali UzCard hisob raqamidan to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Bir oy ichida O‘zbekistonda WebMoney, PayPal, "Yandeks.Dengi" va Qiwi elektron to‘lov tizimlari ishga tushadi deb xabar qildi "Narodnoe slovo".

Amazon O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyorlanmoqda

Ayni damda ushbu maqsadda Asia Alliance Bank bank tomonidan UzCard bankomatlari uchun ishlab chiqarilgan dasturni sinovdan o‘tkazmoqda.

Onlayn hamonlarni naqd pul yoki karta orqali bankomatlar yoki infokiosklar orqali UzCard hisob raqamidan to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

Umumrespuplika Yagona protsessing markazi direktori Axror Maxmudov aytishiga qaraganda, O‘zbekiston aholisi yuqorida aytib o‘tilgan to‘lov tizimlaridan oldin ham foydalanib kelgan, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri  to‘lovlar amalga oshirishning iloji yo‘qligi tufayli ular uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanishga majbur bo‘lishgan.

Ayni damda xalqaro onlayn hamonlarga pul qo‘yish uchun komissiya biroz yuqori – 9% atrofida, lekin maxsus dastur ishga tushganidan so‘ng uning hajmi qisqarib, 1%dan oshmasligi kerak.

Axror Maxmudovning so‘zlariga ko‘ra ushbu yangilik avvalombor yoshlarga va xorijiy fuqarolarga qulayliklar yaratadi.

Ayni damda UzCard "Yandeks.Dengi", WebMoney va Qiwi tizimlari bilan shartnoma tuzishga ulgurgan va PayPal bilan muzokaralar olib bormoqda. Ushbu kompaniyalar O‘zbekistonda ishlashga katta qiziqish bilan qaramoqda.

Yangiliklar lentasi
0