O‘zbekiston ShHT biznes-forumida ishtirok etmoqda

© ShOSTorjestvennaya seremoniya podnyatiya gosudarstvennix flagov dvux novix gosudarstv-chlenov Organizatsii - Respubliki Indii i Islamskoy Respubliki Pakistan
Torjestvennaya seremoniya podnyatiya gosudarstvennix flagov dvux novix gosudarstv-chlenov Organizatsii - Respubliki Indii i Islamskoy Respubliki Pakistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forumning asosiy maqsadi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Bugun 6-iyun kuni Xitoyning Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiningishbilarmonlar kengashi o‘z biznes-forumini boshladi.

Predsedatel KNR Si Szinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya seremonii privetstviya v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashadi

Forumda ShHT tarkibiga kiruvchi 8 ta mamlakat Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston ish bilarmonlar kengashi vakillari qatnashmoqdalar.

Forumning asosiy maqsadi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Forum o‘zaro strategik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga bag‘ishlangan ikkita plenar sessiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar hududiy joylashuvidan kelib chiqib kichik biznesni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini va tadbirkorlik faoliyatini rivojlatirish va mamkalatlarning iqtisodiyotida kichik biznesning rolini ko‘rib chiqdilar.

Neboskrebi v gorode Sindao, Kitayskaya Narodnaya Respublika - Sputnik O‘zbekiston
ShHT sammiti: port-shahar Sindaoda nimalar bo‘lishi kutilmoqda?

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisiA.Ikromov o‘z nutqida:

— Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning tadbirkorlik subyektlari O‘zbekistonning ko‘pgina yangi sanoat korxonalarida, neft va gaz, telekommunikatsiya, transport, to‘qimachilik, turizm, qurilish, kimyo va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

"Biz ShHTga a’zo davlatlar bilan ko‘p qirrali savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor ahamiyat beramiz".

Shu munosabat bilan biz "Bitta kamar, bitta yo‘l" konsepsiyasiga umid bog‘layapmiz, uning amalga oshirilishi bizning nuqtayi nazarimizda mintaqada hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Bizning fikrimizcha, ushbu loyihani amalga oshirish iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, transport-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Biz loyihaning bunday yo‘nalishlarini qo‘shma infratuzilma, sanoat investitsiyalari, resurslarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi qo‘llab-quvvatlaymiz", — dedi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi.

Eslatib o‘tamiz, forum ShHT sammiti doirasida o‘tkazilmoqda. Bugungi kunda ShHT Ishbilarmonlar Kengashining majlisini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0