Mudofaa vazirligi vakillari birinchi o‘zbek jahon chempioni Rufat Risqiyevnikida bo‘lishdi

© Minoboroni RUzPredstaviteli Minoboroni RUz v ramkax chempionata po boksu "Za kubok Minoboroni" provedali pervogo uzbekskogo chempiona Rufata Riskiyeva
Predstaviteli Minoboroni RUz v ramkax chempionata po boksu Za kubok Minoboroni provedali pervogo uzbekskogo chempiona Rufata Riskiyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek degan nomni dunyoga tanitgan va “O‘zbek yo‘lbarsi” deya e’tirof etilgan jahon chempioni Rufat Risqiyev bilan harbiylar bir dasturxon atrofida samimiy suhbat qilishdi

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda maxsus bo‘linmalar o‘rtasida boks bo‘yicha o‘tkazilgan "Mudofaa vaziri kubogi" chempionati doirasida Mudofaa vazirligi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi, vazirlik sport klubi sportchi va musobaqa ishtirokchilari birinchi o‘zbek jahon chempioni, faxriy bokschi Rufat Risqiyev uyiga borishdi.

Bokschi Rufat Riskiyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek afsonaviy bokschisi Rufat Risqiyevning oyog‘i amputatsiya qilindi

Bu haqda Sputnik O‘zbekiston axborot agentligiga Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati xabar qildi. 

"O‘zbek degan nomni dunyoga tanitgan va "O‘zbek yo‘lbarsi” deya e’tirof etilgan jahon chempioni Rufat Risqiyev bilan harbiylar bir dasturxon atrofida samimiy suhbat qilishdi. Bundan bir necha oy muqaddam og‘ir xastalikka uchragan faxriy bokschi mehmonlarga tarixiy g‘alabalarini, o‘tgan asrning murakkab sharoitlarda, ayniqsa, o‘zbek sportchilarining nufuzli musobaqalarda ishtirok etishi, o‘sishiga qo‘yilgan to‘sqinliklar davrida boshidan o‘tkazgan voqealarni so‘zlab berdi", — dedi suhbatdosh.

Tashrif yakunida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan Rufat Risqiyevga moddiy yordam ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari ulashildi.

Yangiliklar lentasi
0