Yekaterinburda kapsulali mehmonxona ochildi

Obuna bo‘lish
JCh-2018 oldidan Yekaterinburgda kapsulali mehmonxona ochildi. U mijozlarni o‘zining kosmik-dizayni bilan hayron qoldirmoqda.

“Bugungi kunda eng arzon mehmonxonalar bo‘lgan xostelda bir kishi 500-600 rubl to‘laydi. Lekin ular bir xonada 8 kishigacha turishadi. Bizda esa 900 rublga mehmonlar alohida kapsulaga ega bo‘ladi”, — deydi mehmonxona xo‘jayni Liliya Derbax.

Kapsula ichida o‘z mikroklimatini o‘rnatish mumkin. Havo harorati, yorug‘lik darajasi individual tartibda o‘rnatilishi mumkin. Undan tashqari kapsulalar televizor,  USB quvvatlash rozetkasi va boshqa qulayliklar bilan jihozlangan. Shuningdek, mehmonlar uchun umumiy dush, hojatxona va oshxona mavjud.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Moskva markazidagi Tverskaya ko‘chasida ham kapsulali mehmonxona ochilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0