O‘zbekistonda fuqaroning yashash manzili haqida internet orqali ma’lumot olish mumkin bo‘ldi

© Yediniy portal gos. uslugYediniy portal gosudarstvennix uslug
Yediniy portal gosudarstvennix uslug - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Yagona identifikatsiya tizimi orqali (OneID) ro‘yxatdan o‘tish lozim.

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) orqali manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish davlat xizmati respublika miqyosida ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi Podrobno.uz.

Yanvar oyida mazkur xizmat sinov rejimida Toshkent shahri uchun ishga tushirilgandi.

Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Yagona identifikatsiya tizimi orqali (OneID) ro‘yxatdan o‘tish lozim. OneID tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida akkauntni tasdiqlash talab etiladi.

Aytilishicha, manzil-ma’lumot axboroti uch kun ichida taqdim etiladi. Xizmatdan foydalanish bepul.

Yangiliklar lentasi
0