TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Markaziy bank 5-iyundan e’tiboran xorijiy valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 38,18 so‘mga kamayib, 7 944,07 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 36,53 so‘mga pasayib, 9 262,79 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 0,16 so‘mga qimmatlashdi va 127,73 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
