TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. GM-Uzbekistan 1-iyun kuni Matiz va Kaptiva modellari ishlab chiqarilgani to‘xtatilganini e’lon qildi. Ushbu ixcham, tejamkor va "istarasi issiq" avtombilning muxlislari nafaqat O‘zbekiston balkim Rossiyada ham juda ko‘p. Quyida Matiz paydo bo‘lishi haqidagi qiziq ma’lumotni e’tiboringizga havola etamiz.
Sovet davrining 60-yillarida Zaprojes “ZAZ-965” rusumli avtomobil bo‘lardi. Xalq orasida uni “Gorbatiy”, ya’ni “Bukri” deb atashardi.
Aytish joizki, ushbu laqab avtomobilni yomonligi uchun emas, faqat tashqi ko‘rinishi uchungina berilgan edi. Avtomobil o‘z davriga mos edi, ko‘pchillik undan mehr bilan foydalanar, millionlab kishilar u haqida orzu qilardi.
Ushbu kichik va kamchiqim avtomobil, bir oilaning ehtiyojini qondirar edi. Millionlab sovet oilalari uchun ZAZ-965 birinchi shaxsiy avtombil bo‘ldi. Jiguli paydo bo‘lguniga qadar ushbu avtomobil barchaning orzusiga aylandi.
Rossiyalik xaridarlarga ham Matiz juda xush keldi. U 10-yil davomida — eng ko‘p sotilgan kichik litrajli avtomobil unvonini egallab turdi. Uning ishlab chiqarilishi to‘xtatilgani haqidagi xabar – ko‘p sonli muxlislarni xafa qildi, desak adashmaymiz.
Xayr, Matiz–Seychento! Balkim 30-yildan so‘ng yana ko‘risharmiz…