O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Facebookda o‘z rasmiy sahifasini ochdi

Obuna bo‘lish
Jamshid Qo‘chqorov o‘z sahifasi orqali iqtisodiyot sohasiga taalluqli bo‘lgan yangiliklar haqida xabardor etishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Facebookda rasmiy sahifasini ochdi.

Vidacha pensiy v pochtovom otdelenii  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pensiya miqdori nega kam?

“Rasmiy sahifamga xush kelibsiz! Hurmatli do‘stlar, men sizlarni mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan moliyaviy islohotlar hamda ish faoliyatim bilan ijtimoiy tarmoq yordamida xabardor qilib bormoqchiman. Shu bilan birga, sizning fikringiz, taklif va mulohazalaringiz men uchun juda muhimligini bildirmoqchiman. Sizlar bilan bevosita muloqot qilishdan bag‘oyat mamnunman”, — deb yozgan Jamshid Qo‘chqorov.

Qo‘chqorov o‘z sahifasiga Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi natijalari bo‘yicha intervyu, Evergreen Motors Group kompaniyasi raisi Kim Chang Keon, “Gazprombank” ekspertlar guruhi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Tao Djang boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar haqidagi ma’lumotlar va foto-suratlarni joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi har bir deputat ijtimoiy tarmoqlarda o‘z akkauntiga ega bo‘lishi lozim degan fikrni bildirgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0