Toshkent ko‘chalarida 30dan ortiq yangi radarlar o‘rnatiladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKamera fiksatsii narusheniy na doroge
Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 2017-yilning sentabrida ta’qiqlangan pistolet-radarlar o‘rniga, 350 metr masofadan turib tezlikni o‘lchash imkoniga ega bo‘lgan statsionar radarlar o‘rnatiladi.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Toshkent ko‘chalarida 30dan ortiq yangi avtomatlashgan radarlar o‘rnatiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri IIBB xabariga asosan.

"Bugun ushbu radarlarning to‘rttasi ishga tushdi. Yangi radarlar yo‘llarda tezlikni oshirayotgan haydovchilar bilan kurashish uchun o‘rnatilmoqda. Ular yo‘llarda YTHlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi", - deyilgan xabarda.

Toshkent viloyatida Rossiyada ishlab chiqilgan “Strelka” nomli radarlardan foydalaniladi. Ular bir vaqtning o‘zida bir necha transport vositasi tezligini o‘lchashi mumkin. Yangi radarlar uzoqligi 350 metrgacha masofada tezlikni o‘lchash imkoniga ega.

Yangiliklar lentasi
0