Adliya vaziri Basketbol federatsiyasi raisi bo‘ldi

© Foto: Natsionalniy Olimpiyskiy komitet Uzbekistana Glava Minyusta respubliki Ruslan Davletov izbran prezidentom Federatsii basketbola Uzbekistana.
Glava Minyusta respubliki Ruslan Davletov izbran prezidentom Federatsii basketbola Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Basketbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Milliy Olimpiada qo‘mitasida navbatdagi majlis bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasiga yangi rais saylandi.

Shu kunga qadar Basketbol federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Dusanov Zoxid Abdukayumovich, sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z lavozimini tark etdi.

O‘zbekiston Basketbol federatsiyasi raisi lavozimiga Adliya vaziri Davletov Ruslanbek Kuroltoyevich nomzodi qo‘yildi. Majlis ishtirokchilari yangi nomzodni bir ovozdan tasdiqlashdi.

“Menga ishonch bildirganinglar uchun minnatdorlik bildiraman. Bizning asosiy vazifamiz – federatsiya ishini yo‘lga qo‘yib olish. Tashkilot tarkibini va kim nimaga qodir ekanini qaytadan o‘rganib chiqamiz. Basketbolni rivojlantirish uchun bizga malakali mutaxassislar kerak bo‘ladi. Sizlarning yordamingizga va kelajakda yaxshi natijalar ko‘rsatishimizga umid qilaman”, — dedi Davletov.

Yangi rahbar, shuningdek basketbolni viloyatlarda rivojlantirish va milliy terma jamoa uchun xorijiy murabbiy taklif qilish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek jamaning bazasi masalasi ham muhokama qilindi.

Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0