Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatildi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bahrom Qobilov jurnalist Bobomurod Abdullayev ishida davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etgan

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Bosh Prokuraturasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Qobilov lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda UzNews.uz o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bahrom Qobilov shu yilning 7-mayida sud zalidan ozodlikka chiqqan jurnalist Bobomurod Abdullayev ishida davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etgandi.

Xabarda aytilishicha, ilgari Bahrom Qobilov prokuratura katta tergovchisi, Mirobod tumani prokurori o‘rinbosari hamda Bosh prokuratura boshqarmasida tergovchi lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0