Mashhur VGIK O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin

© Sputnik / Vladimir PesnyaRossiyskaya gosudarstvennaya animatsionnaya studiya "Soyuzmultfilm"
Rossiyskaya gosudarstvennaya animatsionnaya studiya Soyuzmultfilm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020/2021 o‘quv yilida kinematografiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha VGIK filiali yoki O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi fakulteti ochilishi ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Kinematografiya sohasida dunyoga mashhur oliy o‘quv yurtlaridan biri — Gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Bu O‘zbekiston prezidentining milliy kinoindustriyani takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori loyihasida ko‘zda tutilmoqda.

Hujjatda 2020/2021 o‘quv yilida kinematografiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha VGIK filiali yoki O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi fakulteti ochilishi ko‘zda tutilgan.

Zriteli sidat v kinoteatre - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ikki yil ichida 50dan ortiq kinoteatr quriladi

Bu yerda VGIK oliy kurslari va assistentura-stajirovkasida tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar hamda muntazam ravishda master-klasslar o‘tuvchi rossiyalik mutaxassislar faoliyat olib borishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy o‘quv yilidan boshlab Davlat san’at va madaniyat institutining iqtidorli bitiruvchilari VGIKning "Kino va televidenie" oliy kurslarida o‘qish uchun jo‘natiladi. Institutning "Ijrochi produser" va "Kinorejissura va kinodramaturgiya" yo‘nalishlarida tahsil oluvchi saralash asosida tanlab olingan bakalavr darajasidagi mutaxassislari ham bunday imkoniyatga ega bo‘lishlari mumkin.

Hamkorlikning yana bir yo‘nalishi — 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab San’at va madaniyat institutining bakalavriat yo‘nalishlaridagi iqtidorli bitiruvchilari "Dramaturgiya" va "Audiovizual san’at rejissurasi" ixtisosliklari bo‘yicha VGIK assistentura-stajirovkasiga jo‘natiladi.

"O‘zbekkino" Milliy agentligi 2018-yilning 1-oktabriga qadar tegishli vazirliklar bilan birgalikda bo‘lajak hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha VGIK bilan muzokaralar o‘tkazishi lozim bo‘ladi.

Qaror loyihasida mahalliy ta’lim bazasini rivojlantirishga ham e’tibor qaratilgan. Bu maqsadda 2018-2019 o‘quv yilidan San’at va madaniyat institutida "Kinodramaturg" va "Kinorejissor" ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha "Kino san’ati" fakultetini tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Yangi fakultetga Mirzo Ulug‘bek texnologiya kasb-hunar kollejining binosi beriladi.

Yangiliklar lentasi
0