TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab ijtimoiy loyihani — "Qo‘lingda imkon" musiqiy video klipni e’lon qildi.
Bu o‘ziga bo‘lgan ishonch, qiyinchiliklarni yengish va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad sari intilish — bular bugungi zamonaviy hayotda juda ham zarur bo‘lgan va yoshlikdan singdirilishi kerak bo‘lgan kshnikmalardir.
Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili Sha=noza Mirziyoyeva ushbu loyihaning yaratilishi sabablari xususida to‘xtaldi.
"Bolalarimiz kelajaki, demakki davlatimiz kelajaki — biz bolalarimizga ularning erta yoshligidan boshlab singdiradigan narsalarga, bolalarimiz bugungi tanloviga bog‘liq. Va bu borada ularga yordam berish — bizning umumiy vazifamiz", — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni — bu nafaqat o‘yin-kulgi, qo‘shiqlar yoki sayr-tomosha. Bu katta yoshdagilar uchun muhabbat va mehrga chanqoq bolalar uchun qandaydir yaxshilik qilish imkoniyati hamdir.
Maktabgacha ta’lim vazirligi serquyosh O‘zbekiston aholisiga "Qo‘lingda imkon" taronasini sovg‘a tarifasida ulashish orqali mana shu yorqin bayramni tarannum etish tashabbusi bilan chiqdi.