Mirziyoyev: yangi aeroport milliy madaniyatimizni, bag‘rikengligimizni ko‘rsatib tursin

© Press-slujba prezidenta Respubliki UzbekistanPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 1-iyunya oznakomilsya s xodom rabot, osushestvlyayemix na aerodrome v Kibrayskom rayone
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 1-iyunya oznakomilsya s xodom rabot, osushestvlyayemix na aerodrome v Kibrayskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qibray tumanida 2018-2020 yillarda biznes aviatsiyasi uchun zamonaviy aeroport qurilishi belgilangan.

TOShKENT, 1-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Qibray tumanidagi aerodromda amalga oshirilayotgan ishlarni borib ko‘rdi.

Bu yerda 2018-2020 yillarda biznes aviatsiyasi uchun zamonaviy aeroport qurilishi belgilangan. Loyihani ikki bosqichda amalga oshirish – birinchi bosqichda 4 kilometrlik uchish-qo‘nish yo‘lagi va soatiga 250 yo‘lovchini o‘tkazish imkoniyatiga ega terminal barpo etish, ikkinchi bosqichda qo‘shimcha infratuzilma obyektlari, mehmonxona majmuasi qurish rejalashtirilgan.

“Aeroportda eng katta yuk tashuvchi samolyotlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratiladi. Bu mamlakatimiz transport va tranzit salohiyatini yanada oshirib, tashqi savdo rivojiga katta hissa qo‘shadi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Hozirgi kunda bu yerda loyihalashtirish va umumiy qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Eski uchish-qo‘nish yo‘lagi butunlay olib tashlanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur ishlarni ko‘zdan kechirdi. Aeroportda bunyod etiladigan obyektlar loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Xorijiy delegatsiyalarni kutib olish binosi milliy madaniyatimizni, bag‘rikengligimizni ko‘rsatib tursin. Samolyotdan tushgan odamning kayfiyatini ko‘taradigan, mehmonlarga va ishbilarmonlarga har tomonlama ma’qul keladigan bo‘lsin”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari qurilishda issiq ranglardan ko‘proq foydalanish, aeroport hududini ko‘kalamzorlashtirish, drenaj tizimini oqilona yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0