O‘zbekistonda eng ommabop bo‘lgan ijtimoiy tarmoq o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSpesproyekt "Obuchenie planshetnoy gramote" dlya lyudey starshego vozrasta v Moskve
Spesproyekt Obuchenie planshetnoy gramote dlya lyudey starshego vozrasta v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoq 3-iyuldan to‘xtatiladi, shu munosabat bilan tarmoq ma’muriyati barcha foydalanuvchilardan muhim bo‘lgan ma’lumotlarni saqlab qolish choralarini ko‘rishni so‘radi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatmoqda. Bu haqda ushbu tarmoqning rasmiy veb saytida e’lon berilgan.

Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada halol ishlayotgan internet manbaalarining "Oq ro‘yxati" tuziladi

Unda aytilishicha, Muloqot.uz tarmog‘idan foydalanish imkoniyati vaqtinchalik to‘xtatilishi 3-iyuldan amalga oshiriladi.

"Muloqot.uz ijtimoiy tarmoqning yangilangan versiyasi ishga tushirilganda, barcha foydalanuvchilar elektron pochta orqali xabardor qilinadi", — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, "Simple Networking Solutions" kompaniyasi 2011-yilda Muloqot.uz ijtimoiy tarmoqni yaratib, ishga tushirgandi. Keyinchalik bu tarmoq O‘zbekistonda eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa aylandi.

Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i o‘zbek va rus tillarida o‘z ish faoliyatini olib borgan.

Yangiliklar lentasi
0