Medvedev va Rahmon uchrashuvi: Moskvadagi tojik migrantlari hayoti yengillashadimi?

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Tadjikistan
Rabochiy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe shahrida Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Moskva va Dushanbe o‘rtasidagi strategik hamkorlikning barcha qirralari borasida suhbatlashdi

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Rossiya Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev Dushanbe shahrida o‘tkazilgan muzokaralar vaqtida mehnat migratsiyasi va ta’lim mavzularini muhokama qildilar, deb xabar qildi Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati.

Aytilishicha, Rossiya Bosh vaziri va Tojikiston rahbari o‘rtasidagi muzokaralar payshanba kuni bo‘lib o‘tdi, tomonlar Moskva va Dushanbe o‘rtasidagi strategik hamkorlikning barcha jabhalarini muhokama qildilar.

Rahmon Medvedevni Rossiya Hukumati raisi lavozimiga tayinlangani bilan tabriklagan va uning Tojikistonga safari — yangi qayta tayinlangan RF Vazirlar Mahkamasi rahbari maqomidagi ilk xorijiy safari ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Tojikiston yetakchisi shuningdek, "Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantirish mamlakat tashqi siyosatining ustuvor jihatlaridan biridir", deb qayd etgan ishonch bilan.

Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, Rahmon va Medvedevmadaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalarini muhokama qilganlar va bu yo‘nalishda hamkorlikda ta’sirchan choralarni qabul qilish lozim, degan fikrga kelganlar.

Xususan, tojik fuqarolari orasida rus tilida ta’lim olish borasida oshib borayotgan qiziqishlarni qoniqtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligiga urg‘u berilgan, Rossiya oliy ta’lim dargohlarida tojik yoshlarining ta’lim olish masalasiga, shuningdek, Tojikistonda rus tilida ta’lim beradigan umumta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish borasida avvalroq erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish masalalariga ham e’tibor qaratilgan.

Tojikiston prezidenti Rossiya tomonidan Tojikistonda rus tilida ta’lim beriladigan beshta maktabning qurilish jarayoni tezlashtirilishi muhimligini qayd etgan hamda Tojikistonga yuborilayotgan rossiyalik o‘qituvchilar tarkibi ko‘paytirilishi lozimligini ta’kidlagan.

Mehnat migratsiyasi haqida gapirar ekan, Medvedev va Rahmon tojik mehnat migrantlarining Rossiyada bo‘lish tartibi soddalashtirilishi, ularning ijtimoiy ta’minoti yaxshilanishi hamda mehnat migrantlari Rossiya mehnat bozoriga uyushqoqlik bilan jalb qilinishi masalalarini muhokama qilganlar.

Yangiliklar lentasi
0