Qozog‘istonda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni uyda yolg‘iz qoldirish ta’qiqlanishi mumkin

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishMalishka
Malishka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda joriy yilda 100dan ortiq bolalar oynadan tushib ketgan. Respublikadagi ombudsmen ayni vaqtda hukumatga 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni uyda yolg‘iz qoldirishni ta’qiqlash to‘g‘risida qonun qabul qilishni taklif etmoqda

TOShKENT, 31-may – Sputnik. O‘n ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni nazoratsiz qoldirishni ta’qiqlash bolalar huquqi bo‘yicha vakil Zagipa Baliyeva tomonidan ilgari surilmoqda. Baliyeva bu haqda Qozog‘iston parlamenti majlisini ijtimoiy-madaniy rivojlantirish qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bola qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar — xoh xususiy, xoh davlat tashkilotida bo‘lsin, to‘laqonli, savodli va xavfsiz himoya huquqiga ega.

"Menimcha, barcha bolalar muassasalarida videokuzatuv bo‘lishi kerak bo‘lgan vaqt keldi. Ehtimol, buni normaga kiritish kerakdir va biz buni hozir ishchi guruhda o‘rganmoqdamiz: ota-onalar 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nazoratsiz qoldirish huquqiga ega emas. Agar bola 12ga to‘lmagan bo‘lsa, u hatto uyda yolg‘iz qola olmaydi", — deya iqtibos keltirgan Sputnik Qozog‘iston huquq himoyachisi so‘zlaridan.

Ota-onalar mas’uliyatini oshirishdan avval hukumat tomonidan sharoit yaratilishi, qo‘llab-quvvatlashlar bo‘lishi lozim, deb ta’kidladi Baliyeva.

"Biz hukumatimizga mamlakatimizdagi har bir bola uchun bitta to‘garak va bitta sport seksiyasi respublika yoki mahalliy budjetdan to‘lanishini taklif etmoqchimiz. O‘shanda biz ota-onalar mas’uliyatini oshira olamiz, va ular bizga "mening sharoitim yo‘q" deya olmaydi. Men o‘ylaymanki, davlatning bunga qurbi yetadi", — deb bayonot qildi ombudsmen.

Baliyeva shuningdek, oynalarni o‘rnatishdagi yangi qurilish normalari va qoidalari xususida so‘zladi.

"Bizda 100dan ortiq bolalar oynadan tushib ketganini bilasizlarmi? Hozirda davlat organlari bilan birgalikda qurilish normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqdik. Hozir "Atameken", tadbirkorlar bilan uchrashayapmiz. Oyna ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqarishni qayta ko‘rib chiqadi, o‘rnatib bo‘lganlar uchun esa himoya vositalari bor", — deb tushuntirdi ombudsmen.

O‘z chiqishi yakunida Baliyeva Qozog‘iston uchun zo‘ravonlikni ta’qiqlash to‘g‘risidagi qonunchilik loyihasi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

"O‘ylab ko‘ringlar, — bizning bolalarimizni himoya qiladigan qonunlarda, ularning birortasida zo‘ravonlikka ta’qiq yo‘q. Faqatgina keyingi javobgarlik bor — bolani o‘ldirganlik, uni urganlik uchun jinoiy javobgarlik. Biz tayyorlayotgan qonunchilik hujjatida shu jumladan zo‘ravonlikka ta’qiq bo‘ladi", — deb xotima qildi ombudsmen.

Yangiliklar lentasi
0