TOShKENT, 31-may — Sputnik. Shimoliy koreyalik yuqori martabali amaldor — Koreya Mehnat partiyasi MQ raisining o‘rinbosari Kim Yon Chxolga sobiq davlat rahbari darajasida qabul tashkillashtirildi, deb xabar berdi "Chunan Ilbo" nashri.
Nashr xabariga ko‘ra, u Jon Kennedi aeroportiga chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 14da yetib kelgan. Kim Yon Chxol 2010-yildan buyon yadro va raketa dasturiga aloqador shaxs sifatida AQSh sanksiyalar ro‘yxati turadi. Xuddi shu vaqtda, uning samolyotdan chiqishi joyiga hukumatning 6-7ta qora avtomobillari va politsiyachilarning patrul mashinalari yetib kelgan.
Diplomatik doiradagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, "samolyotdan chiqishi bilan eskort taqdim etilishi davlat rahbari darajasidan kam bo‘lmagan shaxslar uchun amalga oshiriladi".
Oradan yarim soat vaqt o‘tib, Kim Yon Chxolni Millennium Hilton New York One UN Plaza mehmonxonasida ko‘rishgan, bino BMT shtab-kvartirasiga yaqin joyda joylashgan. KXDRning ushbu tashkilotdagi vakillari ko‘pincha mana shu mehmonxonadan foydalanishadi.
KXDR oliy martabali vakili 18-yil deganda birinchi marta AQShga tashrif uyushtirdi.
Nashrning yozishicha, Kim Yon Chxol KXDR yetakchisi Kim Chen Inning amaldagi maxsus vakili sifatida undan Pompeoga maktub olib kelgan bo‘lishi mumkin. Muzokaralar davomida 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tadigan AQSh va Shimoliy Koreya sammitining kun tartibi belgilab olinadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Kim Yon Chxol bilan bo‘lib o‘tgan kechki ishchi ovqatni "yaxshi" deya baholagan.