TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Qozon kommunal xizmat ko‘rsatish idoralarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi, deb xabar qildi Tatariston poytaxti meriyasi axborot xizmati.
“Biz Qozon shahrining eng ilg‘or tajribasini o‘rganib chiqdik. Bu tajriba Rossiya Federatsiyasida eng samarali hisoblanadi”, - deb ta’kidladi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov.
O‘zbekiston vakillarida birinchi navbatda shahardagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish tashkil etilganligi katta qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari o‘zbekistonliklar qurilish, arxitektura va kommunal xizmat vazirligi, boshqaruv kompaniyalar hamda suv va issiqlik ta’minoti korxonalari ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
“O‘zbekistonda kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi jadal suratlarda rivojlanayotganligi haqida ko‘p eshitmoqdamiz. 15-yil yoki undan oldin biz sizlarga o‘rganish uchun boramiz”, - dedi Qozon ijroiya qo‘mitasi rahbari Denis Kalinkin.
O‘zbekiston mutaxassislari Tatariston vakillarini O‘zbekistonga taklif qilishdi.