Yaponiya O‘zbekistonga 7 mln dollarlik texnika taqdim etadi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishRekonstruksiya trassi, arxivnoe foto
Rekonstruksiya trassi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur texnikadan qishloq joylarda yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlarida foydalaniladi

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Yaponiya O‘zbekistonga umumiy qiymati 800 million iyen (7,3 million dollar) bo‘lgan yo‘l-qurilish texnikasini beg‘araz asosda taqdim etadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Neftepererabativayushiy kompleks. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya O‘zbekistonda gazdan benzin ishlab chiqaruvchi zavod qurishi mumkin

Bu O‘zbekiston va Yaponiya vakillari o‘rtasida Toshkentda imzolangan almashuv notalarida nazarda tutilgan.

"Grant loyihasi doirasida O‘zbekiston Yaponiyaning Sakai Heavy Industries Ltd kompaniyasi texnikasiga ega bo‘ladi. Mazkur texnikadan Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish doirasida qishloq joylarda yo‘l-ta’mirlash ishlarida foydalaniladi. O‘zbekistonga xususan, resaykler va turli xil yo‘lsozlik texnikalari hamda ularning ehtiyot qismlari taqdim etiladi", — deb ma’lum qildi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi.

Shu yilning mart oyi boshida O‘zbekiston Xitoyda ishlab chiqarilgan 100dan ortiq yo‘l-qurilish texnikasini sotib olgandi.

Ushbu yil o‘rtasiga qadar yana yuzta yo‘l-ta’mirlash va yo‘l-qurilish texnikasini sotib olish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0