TOShKENT, 30-may – Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2018-yilning aprel oyida o‘tkazilgan tadqiqodga ko‘ra, O‘zbekistonda muqobil energiya manbaalaridan foydalanish nisbatan past darjada qolmoqda.
Izlanishda ishtirok etgan yuridik shaxslarning faqat 3,9 % muqobil energiya manbaalaridan foydalanadi. O‘tgan yilda ushbu ko‘rsatgich 3,7 % edi.
Ushbu yuridik shaxslarning aksariyati – 2,7 % biogaz qurilmalaridan foydalanishi aniqlangan. Shu bilan birga o‘tgan vaqt davomida quyosh batareyalaridan foydalanuvchilar soni 1,4 %dan 1,9 %gacha, quyosh kollektorlaridan foydalanuvchilar soni 0,5%dan 1 %gacha oshgan.
Viloyatlar bo‘yicha muqobil energiyadan foydalanishda Navoiy viloyati yetakchilik qilmoqda. Bu yerda izlanishda ishtirok etgan yuridik shaxslarning 12,5 % muqobil energiya manbaalaridan foydalanishadi. Ushbu ko‘rsatgich Qashqadaryo viloyatida 7,5 %, Toshkentda - 4,3 % va boshqa viloyatlarda 2-3 %ni tashkil qilgan.
Tadqiqodning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.