Nukusdagi bo‘ron vaqtida havodagi chang miqdori meyordagidan bir necha marta ko‘p bo‘lgan

© instagram / troll.uz Pilnaya burya v Nukuse
Pilnaya burya v Nukuse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida chang bo‘roni sodir bo‘ldi, shamol tezligi soniyasiga 25-27 metrga yetdi.

TOShKENT, 29-may — Sputnik. Orol dengizi atrofidagi hududlarda yuz bergan bo‘ron vaqtida havodagi chang miqdori meyordagidan bir necha barobar ko‘p bo‘lgan.

Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.

Yakshanba kuni Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida chang bo‘roni sodir bo‘ldi, shamol tezligi soniyasiga 25-27 metrga yetdi. Kun bo‘yi esgan kuchli shamol oqibatida havoga chang va Orol dengizidagi tuz changlari ko‘tarildi.

"Nukus shahridagi kuzatish maydonidagi o‘rganishlar havodagi changning miqdori meyordagidan 5,9  marta ko‘p ekanligini ko‘rsatdi", — deb xabar berdi RIA Novosti mahalliy OAVga tayanib.

Sinoptiklarning ma’lumot berishlaricha, ushbu hududda 25-apreldan buyon yog‘ingarchilik bo‘lmagan. Kuchli shamol ko‘p miqdordagi chang, xususan, qurigan Orol dengizi tubidagi tuz changlarini havoga ko‘targan.

Yangiliklar lentasi
0