Xlopkov: O‘zbekistonda atom tajribasi mavjud

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovAnton Xlopkov
Anton Xlopkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda atom sohasini yaratish uchun baza mavjud – bu mutaxassislar va uran. Ushbu masala xususida Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga “Yaderniy klub” jurnali bosh muharriri, energetika va xavfsizlik markazi direktori Anton Xlopkov o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘zbekiston o‘z hududida yadroviy tadqiqot rektoriga ega, ikkinchi tadqiqot reaktori ilgari yopilgandi. Shuning uchun davlatda tegishli tarmoqlarda ma’lum tajriba bor. Bundan tashqari, O‘zbekiston tarixan uran hom-ashyosining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi”, - deb ta’kidladi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, atom elektr stansiya qurishga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim omillar  - moliyalashtirishni jalb qilish imkoniyati va elektr energiyaga talab mavjud.

“Gap bitta quvvati 1000-1200 megavattli atom energobloki uchun 5-6 millard yevro xususida bormoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Xlopkov.

Xlopkov: atomniy opit u Uzbekistana imeyetsya

Bundan tashqari, muqobil energiya ishlab chiqarish rivojlanishini hisobga olish kerak, shuning uchun AES qurish masalasi maqsadga muvofiqligi dolzarbligicha qolmoqda deb hisoblaydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0