Almatida 22 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarosi jinoiy javobgarlikka tortildi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Tojikistonning 9 nafar fuqarosi ham jinoiy javobgarlikka tortildi

TOShKENT, 29-may – Sputnik. Qozog‘istonning Almati shahrida 13 nafar O‘zbekiston va 9 nafar Tojikiston fuqarosi jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Almati Ichki ishlar departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

“Avvalroq Qozog‘iston migratsiya qonunchiligini qo‘pol ravishda buzgan bu fuqarolarga nisbatan sud ularning mamlakatni o‘z ixtiyorlari bilan tark etishlari lozimligi haqida qaror chiqargan. Ammo ular bu talabni bajarishmagan. Shaharda o‘tkazilgan “Nolegal” tezkor-profilaktika tadbiri davomida ular qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat qonunchiligiga asosan ish ko‘riladi”, - dedi Almati shahar Ichki ishlar departamenti migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig‘i Aydin Belgibayev.

Uning aytishicha, tadbirlar davomida 1100dan ortiq xorijlik fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, sud qarorlariga asosan 229 xorijlik mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0