TOShKENT, 28-may – Sputnik. "O‘zbekiston xavo yullari" stuardessalari Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovda ikki nominatsiya bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Sky Service-2018 professionallar konkursida o‘zbekistonlik stuardessalar “Yil jamoasi” va “Yilning eng yaxshi stuardessasi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lishdi.
O‘zbekiston havo yo‘llari jamoasi tarkibida stuardessalar Dilnoza Abdullayeva va Natalya Kim, ularning birgadirlari Rodnova Vilena va Bababekova Ranolar ishtirok etishdi. Guruh rahbari, o‘tgan yilgi tanlovda oltin medal sohibi bo‘lgan Elvina Kaybulayeva.
Tanlovda ishtirok etgan qizlar aytishiga qaraganda ushbu forum ularga ko‘plab yorqish his-tuyg‘ular hamda o‘z aviakompaniyalari va vatani uchun mahrurlik hisini taqdim etgan.
MAK jamoasi forum ishtirokchilariga O‘zbekistondan olib kelingan suvenirlar va Samarqand nonini ulashishdi.
Sky Service – havo transporti sohasida xizmat ko‘rsatuvchi professionallarning nufuzli forumi bo‘lib, bu safar unda Rossiya va xorijdan kelgan 40 dan ortiq aviakompaniyalar, 50 dan ortiq ovqat tayyorlash va boshqa xizmatlarga ixtisoslashgan korxonalar ishtirok etishdi.
Forum doirasida, shuningdek stuyuardessalar uchun “Samolyot bortida savdo xizmati” mavzusida o‘quv dasturi ham bo‘lib o‘tdi.