TOShKENT, 28-may — Sputnik. Xorazmda 25-may kuni ikki shaxs IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ularga jarohat yetkazishdi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Yuqorido‘rmon qishlog‘idan oqib o‘tuvchi "Amudaryo" darosi bo‘yida Chandirqiyot qishlog‘ida yashovchi, muqaddam 3 marotaba sudlangan, J.S. va ukasi, muqaddam 2 marotaba sudlangan, H.S. mast holda shu yerda dam olayotgan fuqarolar bilan janjallashayotganliklari holati yuzasidan chaqiruv asosida voqea joyiga Urganch tuman IIBdan 2 nafar profilaktika inspektori yetib kelib, surishtiruv ishlari olib borayotganlarida J.S. va H.S. xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, urib jarohat yetkazganlar.
J.S. va H.S. qo‘lga olingan. Jarohat olgan IIB xodimlariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.