Maydon va konsert zaliga “Xalqlar do‘stligi” nomini qaytarilishi - bu adolatning qaytarilishidir.
“1966 yilda Toshkentda bo‘lgan zilziladan so‘ng katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi – bu yerga vayron bo‘lgan shaharni qayta tiklash uchun butun sobiq Ittifoqdan odamlar kela boshlaydi”, - deydi u.
Poytaxtda palatka maydonlari paydo bo‘la boshladi. Palatkalarda Sobiq ittifoqning turli respublika va shaharlaridan kelgan quruvchilar yashaydi. Ulardan biri aynan shu yerda - Toshkentning Chilonzor tumaniga o‘tuvchi trassa yo‘li bo‘ylab joylashgan. Aynan shu sharoitda, ya’ni zilziladan so‘ng - “Xalqlar do‘stligi” nomi paydo bo‘ladi.
“Vaziyat o‘ta jiddiy bo‘lgan. 8,5 balli dahshatli zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun ko‘p mehnat qilish kerak edi. Barcha kelganlar jabrlanganlarga tezroq boshpana qilib berish, shaharga butunlay yangicha qiyofa yaratishga harakat qilishadi. O‘sha vaqtda Toshkentda mutlaqo ajoyib do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhiti hukm suradi”, - deb eslaydi Babayev.