TOShKENT, 28-may — Sputnik. Kiyevda 6-iyun kuni Ukraina-O‘zbekiston iqtisodiy forum o‘tkaziladi, deb xabar qildi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
“Forum tashkilotchilari fikriga ko‘ra, iqtisodiyot tarmog‘ining eng muhim sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbollariga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak: bular qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, alkogolsiz ichimchiliklarni ishlab chiqarish, neftgaz, energetika, axborot texnologiyalar va telekommunitsiya, elektrotexnika, turizm sohalarida hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan ”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, tadbir davomida logistika, transport, axborot texnologiyalar, telekommunikatsiya, mashinasozlik, aviasozlik, kimoviy va tibbiyot tarmoqlarda hamkorlik qilish masalalariga ham to‘xtalib o‘tiladi.
Forum Ukrainadagi O‘zbekiston elchixonasi, Ukraina savdo-sanoat palatasi, ICC Ukraine va “Stenli guruhi" tomonidan o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Ukraina nafaqat O‘zbekiston bilan, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda.