"Aniq emas": Turizm qo‘mitasi o‘z raisi Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lganini tasdiqlamadi

© Mejdunarodniy press-klubGlava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov
Glava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Qahramon Valiyevich Akmalov lavozimdan olingani haqida xabar berilgan edi

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar tarqatdi Kun.uz nashri o‘z manbasiga tayangan holda.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri lavozimidan ozod etildi

Ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Sputnik O‘zbekiston muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga qo‘ng‘iroq qilganida, matbuot-xizmati vakili hozircha bu borada izoh bera olmasligini ma’lum qildi.

"Hozircha bu aniq emas", — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Aziz Abduhakimov 1974-yilda tug‘ilgan. 2014-yil yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan. Avvalroq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2017-yilning avgust oyidan beri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ilgariroq O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Qahramon Valiyevich Akmalov lavozimdan olingani xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0