Xitoy AQShni o‘z hududiy suvlariga bostirib kirishda aybladi

Obuna bo‘lish
"AQSh HDK kemalari 27-may kuni Xitoy hukumati roziligisiz o‘zboshimchalik bilan Sisha orollari akvatoriyasiga bostirib kirdi", - deb bayonot qildi Xitoy mudofaa muassasasi vakili

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Amerika harbiy kemalari o‘zboshimchalik bilan Xitoy hududiy suvlariga bostirib kirdi. Bu haqda XXR Mudofaa vazirligi vakili U San xabar berdi.

San ilgariroq OAVlarda tarqalgan — Higgins esminetsi va boshqariluvchi raketa quroliga ega USS Antietam kreyseri Sisha (Parassels) orollaridan 12 dengiz mil o‘tganligini haqidagi xabarlarni tasdiqlagan.

Predsedatel KNR Si Szinpin v aeroportu Gamburga - Sputnik O‘zbekiston
Si Szinpin: Xitoy jahonda o‘rnatilgan tartibni hech qachon buzmaydi

"AQSh HDK kemalari 27-may kuni Xitoy hukumati roziligisiz o‘zboshimchalik bilan Sisha orollari akvatoriyasiga bostirib kirdi", — deb bayonot qildi Xitoy mudofaa muassasasi vakili. Pekin bunga javoban Janubiy-Xitoy dengizi hududiga o‘z kemalar aviatsiyasini yuborgan.

Xitoy Mudofaa vazirligi vakiliga ko‘ra, amerika harbiylariga Parassels orollari akvatoriyasini tark etish ishorasi berilgan.

Amerika kemalarining navbatdagi manevrlari Xitoy xitoy qonunlari va xalqaro normalarga zid fitna, deb baholamoqda Xitoy mudofaa muassasasi. Xitoy Mudofaa muassasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQShning harakatlari "Xitoy suverenitetini qo‘pol tarzda beorlarcha buzish" sifatida baholanadi va ikki davlat qurolli kuchlari o‘tasidagi strategik o‘zaro ishonchni hamda tegishli dengiz hududidagi tinchlik va barqarorlikni yo‘qqa chiqaradi.

Pekin ushbu hodisa tufayli keskin e’tiroz bildirmoqda.

Xitoy Mudofaa vazirligi mamlakatning dengizdan va havodan xavfsizligini kuchaytirishga, shuningdek, davlat suverenitetini himoya qilishga va’da bergan. Pekinning mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni himoya qilishdagi qarori qat’iy, deb ta’kidlashmoqda Xitoy Mudofaa vazirligida.

Pentagon izohi

AQSh Harbiy dengiz kuchlari kemalari Janubiy-Xitoy dengizida kemachilik erkinligi haqidagi xalqaro qonunchilik asosida harakatlanmoqda, deb izoh bergan RIA Novostiga Pentagon matbuot-xizmati vakili Kristofer Logan.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Amerika shiddat bilan buyuk bo‘layotganini aytdi
"AQSh kuchlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, shu jumladan Janubiy-Xitoy dengizi hududida ham har kuni harakatlanadi. Barcha harakatlar xalqaro qonunchilik asosida bajariladi va Qo‘shma Shtatlar qonunan ruxsat berilgan barcha joyda uchadi, suzadi va harakatlanadi", — deb aytgan Logan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, flot harakatlari tafsilotlari kemachilik erkinligi haqidagi tamoyillarga asosan yillik hisobotda ochiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0