TOShKENT, 27-may — Sputnik. Suriyadaning Dayr-az-Zor viloyatida to‘rt nafar rossiyalik harbiylar qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmlqda Rossiya mudofaa vazirligi.
“Suriya artilleriya batareyasi o‘tini boshqarib turgan ikki nafar rossiyalik harbiy maslahatchilar voqea joyida halok bo‘lishdi. Yana besh nafar rossiyalik askarlar yaralanib gospitalga yotqizildi. Ulardan ikki nafarining hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi”, — deyilgan xabarda.
Harbiy muassasa xabariga ko‘ra, Suriyaningn Dayr-az-Zar viloyatida jangarilarning bir necha guruhi qorong‘u vaqtda Suriya armiyasining artilleriya batareyasiga hujum qilgan. Suriya askarlari va rossiyalik maslahatchilar jangarilarga qarshi bir soatdan ortiq jang qilgan. Ularning harakatlari natijasida 43 nafar terrorchi, 6ta yirik kalibrli pulemotlar o‘rnatilgan yo‘ltanlamas avtomobillar yo‘q qilingan.
Ushbu jangda ishtirok etgan barcha rossiyalik askarlarga davlat mukofotlari beriladi.