Toshkentda motosikl olib qochgan kollej o‘quvchisi daraxtga urilib halok bo‘ldi

© storm-eindhoven.comStrom Pulse elektro motosikli
Strom Pulse elektro motosikli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning sherigi qo‘lga olingan.

TOShKENT, 26-may – Sputnik. Toshkentda ikki nafar kollej o‘quvchisi motosikl olib qochdi, ulardan biri halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 22-may kuni kollej o‘quvchilari M.Yu. va K.M. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida “Max Exem” MChJ binosi oldida qarovsiz qoldirilgan “Yamaha” rusumli motosikllarni haydab qochishgan.

M.Yu. motosiklni Cho‘ponota ko‘chasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan va voqea joyida vafot etgan.

Uning sherigi K.M. ushlangan.

 

Yangiliklar lentasi
0