Toshkentda ShHT sammiti oldidan maslahatlashuv bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishtirokchilar tashkilot doirasidagi hamkorlik masalalari, ShHTga a’zo davlatlar Kengashi yig‘ilishidan kutiladigan natijalarni muhokama qilishadi.

TOShKENT, 26-may – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Shu yilning 29-may kuni Toshkentda Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti taqdimotining loyihasi tanishtiriladi.

Ishtirokchilar tashkilot doirasidagi hamkorlik masalalari, ShHTga a’zo davlatlar Kengashi yig‘ilishidan kutiladigan natijalarni muhokama qilishadi.

Shuningdek, Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szan Yan xonim hamda 2017-yilda ShHTning to‘la huquqli a’zolariga aylangan Hindiston va Pokiston elchilarining chiqish qilishlari rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ShHTga a’zo davlatlar sammiti iyun oyi boshida Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadi.

Sammitda Sindao deklaratsiyasi va boshqa qator muhim hujjatlar qabul qilinadi. Avvalroq XXR raisi Si Szinpin Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti tashkilot rivojlanishi, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun yangi kuch berishini qayd etgandi.

Yangiliklar lentasi
0