Nurobod tumanidagi Jom qishlog‘iga sel 7 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi

© zarnews.uzPosledstviya selevogo potoka v Nurabadskom rayone Samarkandskoy oblasti
Posledstviya selevogo potoka v Nurabadskom rayone Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Talab etiladigan mablag‘lar mahalliy budjet va boshqa manbalar hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 26-may – Sputnik. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi Jom qishlog‘ida seldan zarar ko‘rgan bino va inshootlarning qurilish va ta’mirlash ishlariga 7 mlrd. so‘m mablag‘ talab etilishi aniqlandi. Bu haqda zarnews.uz xabar berdi.

Selevoy potok - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda kuchli sel kelishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, bugungi kunda talofat ko‘rgan xonadon va boshqa infratuzilma obyektlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari jadal yo‘lga qo‘yildi. Talab etiladigan mablag‘lar mahalliy budjet va boshqa manbalar hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu qishloqlarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish, ijtimoiy va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini joriy yilning 1-avgustiga qadar foydalanishga topshirilishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15-maydan 16-mayga o‘tar kechasi kuchli sel kelishi oqibatida  71 ta, shundan 49 ta Girdiqo‘rg‘on, 10 ta Jom, 7 ta Tegirmonboshi va 5 ta Omondara mahallalaridagi aholi xonadonlari va tomorqalariga zarar yetgan edi.

Yangiliklar lentasi
0