Samarqandda “Damas” haydovchisi urib qochgan YPX inspektori vafot etdi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirib, inspektorni qasddan urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Samarqand viloyatining Payariq tumanida “Damas” avtomashinasi haydovchisi yo‘l patrul xizmati inspektorining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Nochnoy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda uch kun ichida ikki nafar YPX xodimi urib yuborildi

Xabarda aytilishicha, 24-may kuni soat 12larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida “Damas” avtomashinasini telefonda gaplashib boshqarib kelayotgan haydovchi Samarqand viloyati Yo‘l patrul xizmati inspektori Ibrohim Nishonov tomonidan to‘xtatilgan.

Haydovchi xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirib, inspektorni qasddan urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan.

Jarohat olgan safdor Ibrohim Nishonov kasalxonada vafot etgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida “Damas” rusumli avtomashinani egasi S.Sh. ekanligi aniqlanib ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0