TOShKENT, 24-may — Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun 10 mingta grant o‘rinlari ajratdi, deb xabar qilmoqda "Narodnoe slovo" gazetasi.
Bu haqida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Qozog‘iston ta’limi kunlari” tadbirida xabar qildi.
O‘zbekistonlik abituriyentlar Qozog‘istonning 30ta institut, universitet va akademiyalarida imtiyozli ravishda iqtisodiy, texnik, tibbiy va gumanitar sohalarda oliy ta’lim olishlari mumkin bo‘ladi.
Ayni damda Qozog‘iston va O‘zbekiston orasida oliygohlarida berilgan diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilingan. Ushbu tadbir doirasida yil boshidan buyon bir necha tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Xususan mar oyida Ostondada O‘zbekiston madaniyati kunlari, may oyida Chimkentda o‘zbek-qozoq biznes forumi va boshqa tadubirlar bo‘lib o‘tmoqda.