TOShKENT, 24-may - Sputnik. Xanti-Mansiyskdagi "Xols" yog‘och zavodi o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonga eksport qilishni rejalashtirmoqda.
"Mahsulotlarimizni Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekiston va Qozog‘istonga jo‘natishni mo‘ljallamoqdamiz. So‘ngra Xitoy, Shimoliy Afrika bozoriga chiqamiz”, - dedi korxona direktori Aleksey Metelev.
Qayd etilishicha, 22-may kuni zavod mahsuloti yuklangan dastlabki ikkita vagon yo‘lga otlangan. Korxona avvalroq hududdagi eng yirik yog‘ochni qayta ishlash korxonasi bo‘lgan Yugra o‘rmon sanoati xoldingi bilan shartnoma imzolagandi.