TOShKENT, 24-may — Sputnik. Tashkent City loyihasi uchun rahbariyat butun dunyodan eng yaxshi tajribalarni jalb qilishga harakat qilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga Tashkent City investitsiyalar va investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish bo‘limi boshlig‘i Anna Barsukova ma’lum qildi.
“Hozir tender savdolari o‘tkazilmoqda, bular ichida Rossiya va Amerika kompaniyalari, biz eng yaxshi tajribalarni yig‘moqdamiz… Bu Osiyo, Yaponiya va Singapur”, — deb ta’kidladi Barsukova.
Yaratuvchilar Tashkent City qurilishi poytaxt hududini yanada rivojlantirishga muhim turtki bo‘ladi deb hisoblashmoqda.
“Tashkent City navbatdagi developerlik loyiha bo‘lib qolmasdan, u bozor yaratishi zarur…”, — deb yakun yasadi u.
Tashkent City xalqaro biznes markazi poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etiladi.
Loyihaga muvofiq Tashkent Cityda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa obyektlar quriladi.
Tashkent City loyihasi bir milliard dollar miqdorida baholanmoqda.